Albaniyaning viza siyosati

Albaniyaning kirish shtampi

Albaniyaga tashrif buyuruvchilar, agar ular viza bilan kirishdan ozod qilingan mamlakatlardan biridan kelmasa yoki vizasiz kirish huquqiga ega boʻlmasa, Albaniya diplomatik vakolatxonalaridan birida viza olishlari kerak boʻladi[1].

Mamlakat hududiga pasport bilan kirish talab qilinadi. Biroq, ayrim mamlakatlar yoki hududlar fuqarolari pasportlari oʻrniga faqat shaxsiy guvohnomalari bilangina vizasiz sayohat qilishlari mumkin[2]. Pasportlar kelgan kundan boshlab kamida 3 oy davomida amal qiladi.

Albaniyaning viza siyosati 2013-yilda oʻzgartirish kiritilgan 108-sonli „Chet el fuqarolari toʻgʻrisida“gi qonunga va Vazirlar Kengashining 2013-yildagi o‘zgartirishlar kiritilgan 513-sonli „Chet el fuqarolarining kirishi, bo‘lishi va muomala qilish mezonlari va tartiblari to‘g‘risida“gi qaroriga asoslanadi.

Albaniyaning viza siyosati Shengen hududining viza siyosatiga oʻxshaydi. Dominika, Sharqiy Timor, Grenada, Kiribati, Marshall orollari, Mikroneziya, Palau, Sent Lyusiya, Sent Vinsent va Grenadinlar, Samoa, Solomon orollari, Tonga, Tuvalu va Vanuatudan tashqari Shengenning II ilovasiga kiritilgan barcha millatlarga Albaniya 90 kunlik vizasiz kirish huquqini beradi. Shuningdek, u bir qancha qoʻshimcha davlatlar — Armaniston, Ozarbayjon, Xitoy, Qozogʻiston, Kosovo, Quvayt va Turkiyaga ham vizasiz kirish imkonini beradi.

  1. „US Department of State - Country Information for Albania - Entry Requirements“. 2014-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-iyun.
  2. „Visa regime for foreign citizens“. Ministry of Foreign Affairs (Albania). Qaraldi: 2018-yil 3-noyabr.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search